Xitoy hukumati choʻchqa grippining yangi turi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotga munosabat bildirdi

15:44 03 Iyul 2020 Dunyo
731 0

Xitoylik olimlarning choʻchqa grippining yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan yangi turi borasidagi tadqiqoti natijalari yetarli darajada ishonarli emas.

Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Liszyan maʼlum qildi.

“Tadqiqotda foydalanilgan maʼlumotlar miqdori yetarli darajada ishonarli emas”, deb taʼkidlagan Tashqi ishlar vazirligi vakili hokimiyat va mutaxassislar kasallikni kuzatishda davom etayotganliklarini qoʻshimcha qilar ekan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, xitoylik olimlar choʻchqa grippining yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan yangi turini kashf qilishgani, G4 deb nomlangan yangi virus shtammi 2009-yilda pandemiyaga sabab boʻlgan H1N1 shtammi bilan genetik ravishda bogʻlangan boʻlib, odamlarga yuqishi mumkinligini koʻrsatuvchi barcha belgilarga ega ekanligi maʼlum qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер