Xitoy bir yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta koronavirusdan oʻlim haqida xabar berdi

03:26 20 Mart 2022 Dunyo
1325 0

Foto: Reuters

Xitoy 2021-yil yanvaridan beri birinchi marta “COVID-19”dan oʻlim haqida xabar berdi. 

19-mart kuni Xitoy shimoli-sharqidagi Szilin provinsiyasida koronavirus infeksiyasiga chalingan ikki kishi vafot etgan. 
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda koronavirusdan soʻnggi oʻlim holati 2021-yilning 25-yanvarida qayd etilgan.

Soʻnggi kunlarda Xitoyda ushbu infeksiya bilan bogʻliq yangi holatlar yana koʻpaymoqda. Xususan, 18-mart kuni Xitoyning 16 ta hududida 3870 kishida kasallik aniqlangan.

Xalqaro taqqoslaganda, Xitoyda infeksiyalar soni juda past boʻlib qolmoqda. Bunga qaysidir maʼnoda, hukumatning koronavirusga nisbatan “oʻziga xos strategiyasi” ham sabab boʻlayotgandir. Gap shundaki, mamlakatda infeksiyaning kichik tarqalishi bilan hukumat darhol komendantlik soati, ommaviy test sinovlari, transport cheklovlari va karantin joriy qilmoqda.

Shu bois ayni paytda millionlab xitoyliklar Shenchjen va Shanxayning bir qismida toʻliq lokdaun ostida yashamoqda. Minglab odamlar yashaydigan Pekinning bir qancha hududlarda ham harakat uchun cheklov joriy etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер