Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi yangi rekord darajaga yetdi
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi arafasida ushbu mamlakatning Oʻzbekistondagi elchisi Yuy Szyunning “Jenmin jibao” gazetasida ikki tomonlama hamkorlikka bagʻishlangan maqolasi chop etildi. Unda aytilishicha, 2023-yilning 11 oyi davomida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi yangi rekord darajaga yetdi va 12,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Sarmoyaviy hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi, gumanitar hamkorlik sohasiga qiziqish ortib bormoqda, ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari xalqlarimiz qalbidan chuqur joy olgan.
Diplomatga koʻra, Xitoy Oʻzbekiston bilan ikki davlat rahbarlari oʻrtasida erishilgan muhim kelishuvlarni amalga oshirish, “Bir makon, bir yoʻl” va Yangi Oʻzbekistonni birgalikda qurish, shuningdek, yuqori darajadagi munosabatlarni barqaror rivojlantirish uchun koʻmaklashishga tayyo
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring