Xirmon toʻlib toʻkilsin don!

21:29 28 May 2020 Iqtisodiyot
959 0

Piskentda viloyat va tuman hokimligi rahbarlari, viloyat dehqon, fermerlar va tomorqa yer egalari Kengashi, «Ohangarondon» AJ, qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, mashina-traktor parklari hamda fermerlarga xizmat koʻrsatuvchi bir qator qishloq xoʻjaligi korxona va tashkilotlari vakillari ishtirokida gʻalla oʻrim-yigʻimiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Joriy etilgan karantin qoidalariga toʻliq rioya etilgan holda oʻtkazilgan ushbu tadbirda dehqonning peshona teri evaziga yetishtirilgan qirmizi donni nobudgarchiliksiz yigʻishtirib olish choralari xususida oshkora gaplashib olindi.

Piskent tumani hokimligi Axborot xizmatining xabariga koʻra, 183ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 9 ming gektardan oshiq maydondagi gʻallazorlarda agrotexnik tadbirlar samarali tashkil etilganligi tufayli hosil tosh bosish arafasida. Gektaridan kamida 80 sentnerdan oshirib gʻalla oʻrib olinishi mumkin.

Bu yilgi mavsumda tumandagi gʻallazorlada 24 otryad ish olib boradi. Ular ish unumi yuqori boʻlgan «Jonder», “Claas”, «Keys» rusumli kombaynlar bilan taʼminlangan.

Seminarda barcha turdagi texnikalarning mavsumga shayligi nazoratdan oʻtkazildi. Ishchilardagi favqulodda holatlarda yongʻinga qarshi vositalardan foydalanish bilim va koʻnikmalar sinab koʻrildi.

Mavsumida har bir dala boshida yaratiladigan shart-sharoitlar, taomxonalarning karantin qoidalariga toʻliq javob berish holatlari nazoratdan oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Seminar yakunida kombaynchilar va mavsumda qatnashadigan barcha kishilarga «Agrobank» ATBning tuman boʻlimi tomonidan 500 ming soʻmdan avans puli hamda kunlik ehtiyoj uchun zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Shodiyor MUTAHAROV,

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер