XDPdan Prezidentlikka nomzod koʻrsatildi
Poytaxtimizda Xalq demokratik partiyasining qurultoyi boʻlib oʻtmoqda. Qurultoyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod va uning Saylovoldi dasturi toʻgʻrisidagi masalalar muhokama etilishi belgilangan.
Delegatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova nomzodini qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova yuksak ishonch uchun delegatlar va partiyaning koʻp ming sonli aʼzolariga minnatdorlik bildirdi.
Partiya Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor yoʻnalishlar muhokama etilmoqda. Qayd etilishicha, dasturda 9 ta yoʻnalish boʻyicha maqsad va vazifalar ilgari surilgan.
Maqsuda Vorisovaning taʼkidlashicha, ijtimoiy tenglik va xalq demokratiyasi mezonlariga mos keladigan davlat va jamiyat barpo etish Xalq demokratik partiyasining bosh maqsadi hisoblanadi.
Tadbir davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring