Xalqqa xizmat — eng oliy saodat

09:20 29 Iyul 2021 Jamiyat
1115 0

Hasan PАYDOEV - “Xalq so‘zi”

G‘ozg‘on shahri viloyatimizning eng yosh va navqiron shahri. Bu yerda so‘nggi yillarda ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Barcha amallar xalqni rozi qilishga qaratilganini g‘ozg‘onliklar his etib yashamoqda.

Аvvalo, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etildi hamda ushbu hujjat bilan G‘ozg‘on shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish belgilandi.

Shunga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan G‘ozg‘on shahar prokuraturasi tashkil etilib, ushbu huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan yangi shaharni rivojlantirish, obodonlashtirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda aholi muammolarini hal qilish yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotir.

G‘ozg‘on shahrida 4 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, 2-sektorga Tumar mahallasi biriktirilgan. Sektorga biriktirilgan ushbu mahallada 443 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 738 nafar oila, ushbu oilalarda yashovchi fuqarolar 2 445 nafarni tashkil qiladi.

2-sektor tomonidan aholi muammolarini o‘rganish hamda ularga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar to‘g‘risida to‘xtalib, shuni aytish mumkinki, fuqaro M. Norboevaga kasanachilik yo‘nalishida “G‘ozg‘on chevar qizlari” ishlab chiqarish kooperativi tashkil etilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Tegishli jamg‘armasi hisobidan 122 mln. 500 ming so‘m subsidiya ajratildi. Natijada G‘ozg‘on shahridagi “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda 50 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, sektor rahbari tomonidan kooperativ faoliyat yuritayotgan binoni taʼmirlash uchun qurilish materiallari hamda jihozlash uchun imtiyozli kreditlar ajratilishida yordamlar ko‘rsatildi.

G‘ozg‘on shahar 2-sektorida “Temir daftar”ga 14 ta 6 nafar ishsiz aʼzolarining bandligi taʼminlandi, 50 mln. so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatilishi natijasida 14 ta extiyojmand oilalar “Temir daftar”dan chiqarildi.

Shuningdek, shahardagi 2-sektorda 513 nafar 18-30 yoshdagi yoshlar mavjud bo‘lib, ishsiz va ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bo‘lgan 33 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilishi taʼminlanib, ushbu yoshlarning 15 nafariga subsidiya, 5 nafariga 120 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratildi. 7 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 2 nafari jamoatchilik ishga jalb qilindi, 2 nafarining ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etilib, 32 nafari daftardan chiqarilishi taʼminlandi.

Shu bilan birga, 2-sektorda 30 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar bilan birma-bir muloqot qilinib, 57 nafar xotin-qizlar 9 ta toifaga ajratilgan holda “Аyollar daftariga kiritildi.

Shahar prokuraturasining amaliy yordami bilan 29 nafariga 377 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishlash istagini bildirgan 18 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi. 4 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, yana shunchasiga moddiy yordam berildi, — deydi G‘ozg‘on shahar prokurori adliya kichik maslahatchisi Baxtiyor Isoqov.

Umuman olganda, hududda har bir ishni “mahallabay” tizimi orqali olib borilayotgani muammolar yechimi va hudud rivojida katta samara beryapti. Qolaversa, mahallalarning “o‘sish nuqta”si, yaʼni drayveri aniqlab olinib, shu asosda ish tashkil etilayotgani, albatta, yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishga poydevor bo‘lmoqda.

 

“Xalq so‘zi”.
Hasan PАYDOEV olgan suratlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер