“Xalqingiz saylovda faol ishtirok etishiga ishonaman” – Alberto Turkstra
Foto: Халқ сўзи
- Oʻzbekistonda bir necha marotaba boʻlganman, - deydi belgiyalik xalqaro kuzatuvchi Alberto Turkstra. - Bundan avvalgi - 2016-yili boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ham xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etgandim. Bugun Fargʻonadaman. Fargʻonaliklar juda ham samimiy va mehmondoʻst. Bu yerdagi milliy qadriyat va anʼanalarni aks ettiruvchi tarixiy joylar menda katta taassurot qoldirgan. Oilaviy ahillik, hamjihatlikka havas qilsa arziydi.
Ishonamanki, saylovda barcha faol ishtirok etadi. Buning uchun saylov uchastkalarida barcha sharoitlar yaratilgan. Saylovchilarning huquqiy madaniyati ham yuksak darajada. Saylov jarayoni milliy va umumeʼtirof etilgan demokratik tamoyillarga muvofiq tarzda tashkil etilyapti.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring