Xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari oʻtkazilishi munosabati bilan poytaxtimizning ayrim koʻchalari vaqtincha yopiladi

19:35 15 Noyabr 2023 Jamiyat
231 0

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-noyabr kuni Davlat bayrogʻi kuni va Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan “Yangi nafas” hamda “Ekiden” xalqaro ommaviy yugurish musobaqalari boʻlib oʻtadi.

Tadbirlar munosabati bilan shahrimizning bir necha koʻchalari vaqtincha yopiladi.

2023-yil 17-noyabr kuni soat 00:00 dan 19-noyabr kuni soat 12:00 gacha:

— Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan Beshyogʻoch koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismi;

2023-yil 19-noyabr kuni soat 06:30 dan 09:30 gacha:

— Afrosiyob koʻchasining Islom Karimov koʻchasi bilan kesishmasidan boshlab Oybek, Nukus va Abdulla Qodiriy koʻchalari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер