Xalqaro olimpiadada andijonlik talabalar oltin medalni qoʻlga kiritishdi

20:03 26 Oktyabr 2023 Jamiyat
209 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bishkek shahridagi Xalqaro tibbiyot maktabida xalqaro talabalar olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda anatomiya, klinik anatomiya, gistologiya hamda patologik anatomiya yoʻnalishlari boʻyicha talabalarning nazariy bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

— Turli davlatlardan tashrif buyurgan 11 ta jamoa aʼzolari mavzuga doir bilimlarini rus va ingliz tillarida ifoda etdilar,—deydi Andijon davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati rahbari Oyjamol Rahmonova. –Ular orasida eng faol ishtirok etgan institutimiz vakillari alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, ushbu tadbir institutlararo tajriba almashish vazifasini ham oʻtadi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Quvonarlisi shundaki, xalqaro olimpiadada andijonlik talabalar birinchi oʻrinni egallab, oltin medal bilan taqdirlandilar.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер