Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryoda
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Xorijlik mutaxassislar mamlakatimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha toʻplangan tajribani yuqori baholamoqda.
Joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga oʻtkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish maqsadida mamlakatimizga kelgan YEXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat Sengel Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi aʼzolarining faoliyati, matbuot markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Hududiy komissiya raisi Zebuniso Alimardonova xalqaro kuzatuvchilarga saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi, saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish, saylov okrugi va saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish va oʻtkazish, saylovda nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilgan sharoitlar haqida maʼlumot berdi.
Xalqaro kuzatuvchilar soʻnggi yillarda mamlakatimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish boʻyicha muayyan tajriba toʻplanganini eʼtirof etdi.


Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring