Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi
Illyustrativ foto
Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazib borishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Farmonga muvofiq, har 2 yilda bir marta sentyabr oyida Qoʻqon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi.
Shuningdek, festival doirasida “Hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ham oʻtkaziladi.
Festivalning asosiy vazifalaridan biri hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, boy madaniy merosni dunyo hamjamiyati oʻrtasida targʻib etishdan iborat.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring