Xalqaro hamjamiyat koronavirus pandemiyasidan toʻgʻri saboq chiqarishi kerak — JSST rahbari

14:13 18 Yanvar 2023 Dunyo
1057 0

Foto: Illustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, hozir dunyoda qoʻllanilayotgan tuberkulyozga qarshi vaksinalar bundan yuz yil avval yaratilgan va ularning samaradorligi talab darajasida emas.

«Xalqaro hamjamiyat koronavirus pandemiyasidan toʻgʻri saboq chiqarishi kerak, — deydi JSST rahbari. — SOVID-19 bizga epidemiologik xatar istalgan paytda paydo boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi.

Shunga qaramay, juda qisqa muddatda bu xavfli infeksiyaga qarshi samaradorligi yuqori vaksinalar yaratishga muvaffaq boʻldik. Tuberkulyozga qarshi emlash vositalarini tayyorlashga esa bir necha oʻn yil oldin kirishilgan. Ammo izlanishlar keskin “oqsamoqda”.

Maʼlum qilinishicha, hozir silga qarshi 16 ta yangi vaksina yaratish ustida ish olib borilyapti. Eng muhimi, bu jarayonni hukumatlar, biznes va ilmiy doiralar hamda keng jamoatchilik koʻmagida tezlashtirish mumkin.

Shu bois T. Gebreyesus bu borada maxsus kengash tuzishni taklif qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер