Xalqaro bosimga qaramay Binyamin Netanyaxu urushni toʻxtatish niyatida emasligini aytdi

15:01 28 May 2024 Dunyo
416 0

Foto: EPA

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yakshanba kuni Rafahdagi lagerga havo hujumi oshirilganidan soʻng xalqaro bosimga uchradi. Shunga qaramay, u HAMASga qarshi urushni davom ettirishga vaʼda berdi.

HAMAS maʼlumotlariga koʻra, ushbu hujum oqibatida 45 kishi halok boʻlib, yuzlab insonlar tan jarohati olgan.

— Men maqsadga erishmaguncha urushni toʻxtatish niyatida emasman, — deydi Netanyaxu. Shuningdek, u zarbani «fojiali baxtsiz hodisa» deb atagan. Bosh vazir Isroil tinch aholini himoya qilish uchun hamma choralarni koʻrishi kerakligi va mamlakat mudofaa kuchlari mojaroda ishtirok etmaganlarga zarar yetkazmaslik uchun harakat qilayotganini taʼkidlagan.

— Gʻazoda xavfsiz joy yoʻq. Bu dahshat toʻxtatishi kerak. Bu mojarodan boshpana izlayotgan koʻplab begunoh tinch aholi qurbon boʻlmoqda, — dedi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Isroil Xalqaro Sudning oʻtgan hafta Rafahga zarba berishni toʻxtatish haqidagi qaroriga rioya qilishni taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер