Xalqaro biologik xilma-xillik kuniga bagʻishlab bolalar oʻrtasida “Bioxilma-xillik ekspressi” tadbiri boʻlib oʻtdi

19:24 04 Iyun 2023 Jamiyat
619 0

22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuniga bagʻishlab bolalar oʻrtasida “Bioxilma-xillik ekspressi” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tabiat resurslari vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Global ekologiya jamgʻarmasi, “Zamin” fondi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil qilingan tadbirda 110 nafar ekofaol yoshlar (90 nafari 15-17 yoshdagi maktab oʻquvchilari)oʻrtasida ekologik bilimlar tanlovi tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilar jamoalarga boʻlingan holda bellashishdi. Musobaqa taqdimot va savol-javoblar tarzida oʻtkazildi.

Tadbir davomida, shuningdek, yosh ekofaollar hamda mutaxassislar oʻrtasida tabiat, ekologiyani muhofaza qilish borasida oʻzaro suhbat oʻtkazildi. Unda Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etib, oʻquvchilar bilan bugungi ekologik vaziyat, tabiat resurslaridan unumli foydalanish va boshda muhim mavzularda suhbatlashdi.

“Bugun yoshlarimizning tabiatga befarq emasligi quvonarli, albatta, – dedi vazir. – Kelajak avlodga oʻzimizdan yashil dunyoni qoldirishimiz kerak. Bu esa birinchi navbatda siz yoshlarning ekologik masʼuliyatingiz, bilimingiz va jonkuyarligingizga bogʻliq. Bugungi tadbirda yoshlarimizning ekologik madaniyati oʻsib borayotganiga yana bir marta amin boʻldim”.

Taʼkidlash joizki, tadbirda ishtirok etgan BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska ham oʻquvchilarning ekologik bilimlari va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun qaygʻurishlarini alohida eʼtirof etdi. Matilda xonim yoshlarga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir soʻnggida tanlov gʻoliblariga va har bir ishtirokchiga sovgʻalar topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер