“Xalq va armiya — bir tanu bir jon”

19:13 10 Yanvar 2024 Jamiyat
1344 0

Maʼnaviyat

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilishning muhim tayanchiga aylangan. Mutafakkir shoir Alisher Navoiy “...бу dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, oʻz oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir” deya taʼkidlar ekan, ona yurtimizning har bir oʻgʻil-qizini ogohlikka, mamlakat osoyishtaligini asrashga chaqiradi.

Ayni kunlarda ham barchamiz Vatan, xalq va armiya bir-biriga naqadar yaqin va mushtarakligini yaqqol his etyapmiz. Muhtaram yurtboshimizning ana shunday tamoyillar asosidagi xalq va armiya — bir tanu bir jon degan ulugʻvor gʻoya va amaliy harakat archa boʻgʻindagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniy tashkilotlari, taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyatini, keng jamoatchilik hayotini qamrab olmoqda.

Shu maʼnoda, bu yildan Prezidentimizning tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi muassisligida “Xalq va armiya — bir tanu bir jon” ilmiy-amaliy va ommabop jurnali nashr etila boshladi.

Jurnalning asosiy maqsadlaridan biri ona xalqimizni milliy armiyamiz faoliyati, erishayotgan yutuqlari bilan tanishtirib borishdan iborat. Bu yildan nashr etila boshlagan jurnalning ilk sahifalarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Vatan, xalq va armiya mushtarakligi borasidagi fikrlari, Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi chop etilgan.

Keyingi sahifalarda davlatimiz madhiyasi, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi hamda jurnal tashkil etilgani munosabati bilan ziyoli qatlam va harbiylarning yoʻllangan tabriklari, dil izhorlari, fikr-mulohazalari, turli mavzudagi maqolalar berilgan.

Jurnalga taqdim etilgan maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida hamda lotin, kirill yozuvida chop etiladi.

Aminmizki, ushbu yangi nashr haqiqatda xalqimizni armiyamizga, armiyamizni esa xalqimizga yaqinlashtiradi.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер