“Xalq soʻzi” gazetasining 2020-yil 3 sentabr sonida qanday maqolalar eʼlon qilindi?

09:46 03 Sentyabr 2020 Jamiyat
1597 0

1. “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni eʼlon qilindi. Ushbu hujjatda sohani yana-da rivojlantirish boʻyicha bir qator yangiliklar koʻzda tutilgan. Xoʻsh, bular nimalarda aks etmoqda? Farmonning mazmun-mohiyatini gazetamiz sahifalarida eʼlon qilingan toʻliq matni orqali bilib olishingiz mumkin.

2. “Uchinchi Renessans vakillari YoSh va KUCHlilar orasida!” Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning navbatdagi maqolasi ana shunday nomlandi. Zero, unda Oʻzbekistonda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarga munosabat bildirilgan.

3. Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning yangicha tizimi yaratilib, muammolar ijobiy hal etilmoqda. Xoʻsh, ushbu jarayonda Oliy Majlis Senati aʼzolari qanday hissa qoʻshyapti? “Bir oilaning nafaqat masalasi hal boʻldi, balki...” sarlavhali maqola bilan tanishsangiz koʻp maʼlumotlarga ega boʻlasiz.

4. 2-sentyabr mamlakatimizning barcha hududida 2020/2021 oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun test sinovlariga start berildi. Joylarda test sinovlari qanday tashkil etilyapti? Shular haqida bilmoqchi boʻlsangiz muxbirimiz Sh. Gʻafforovning “Bilim “aql tarozisi”da tortiladigan masʼuliyatli palla” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan maqolasini mutolaa qiling.

5. Oʻzbekistonda yangi bir uygʻonish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqdami? Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Rustam Xolmurodovning gazetamiz sahifalarida eʼlon qilingan maqolasi ana shunday muhim mavzuga bagʻishlangan.

6. Mustaqilligimizning 29 yilligi «Sen — qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!» shiori ostida nishonlandi. Zero, istiqlol yillarida bajarilgan va amalga oshirilayotgan har bir ish zamirida xalqimizning kuch-qudrati mujassam. Ular tufayli qoʻlga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar esa jonajon Oʻzbekistonimizni chinakam saodat oshyoniga aylantirmoqda. Bular haqida muxbirimiz D. Ulugʻmurodov oʻz maqolasi orqali batafsil toʻxtalgan. Oʻqishni tavsiya qilamiz.

Shuningdek, gazetamizning bugungi sonida yana koʻplab bir-biridan qiziqarli va tahliliy maqolalar eʼlon qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер