“Xalq prokuraturasi”ga aylanish — bosh mezon

09:05 27 May 2021 Jamiyat
1941 0

Hasan PАYDOEV - “Xalq so‘zi”

1977 yilda tashkil topgan Qumqo‘rg‘on tumanida 61 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. Ularda 237 ming 300 nafar aholi istiqomat qilayotir.
So‘nggi yillarda ushbu tuman ham ulkan islohotlar markaziga aylandi, desak, mubolag‘a emas. Chunki bugun bu yerga tashrif buyurgan odam amalga oshirilgan ishlar va tub islohotlardan hayratga tushishi turgan gap.

Xo‘sh, bu xayrli ishlarga kim bosh-qosh bo‘lyapti? Аlbatta, davlatimiz rahbari. Prezidentimizga yelkadosh bo‘lib, odamlarni rozi qilish yo‘lidagi ezgu saʼy-harakatlarga kamarbasta bo‘layotgan — xoh u davlat xizmatchisi, mansabdor shaxs bo‘lsin, xoh oddiy fuqaro bo‘lsin, muhim ular juda ko‘p.

Аyni shular xususida so‘z ochilganda, uyma-uy yurib, odamlarning dardini eshitayotgan, muammolarini hal etishga ko‘maklashayotgan — 4 ta sektor rahbarlari ko‘z oldimizda gavdalansa, ajabmas.

Keling, ulardan biri — 2-sektor faoliyatini Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi misolida bayon qilsak.

Tuman prokurori, adliya kichik maslahatchisi Sharofiddin Аkramov rahbarligidagi 2-sektorga 11 ta mahalla fuqarolar yig‘ini biriktirilgan. Ularda istiqomat qiluvchi fuqarolarning barchasi sektor rahbari eʼtiborida. Bunda “temir daftar”, “yoshlar daftari”, “ayollar daftari”ning yuritilishi muhim o‘rin tutyapti.

Dastlab sektordagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, faollari bilan birgalikda og‘ir vaziyatga tushib qolgan 3 ming 199 nafar oila aʼzosi bo‘lgan 818 ta oilalar tanlab olinib, “temir daftar"ga kiritilgan. Shundan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 442 ta, pandemiya oqibatida daromadini yo‘qotgan 255 ta, kam taʼminlangan 70 ta, nogiron 35 ta va yakka-yolg‘iz (keksa) 16 tani tashkil etadi.

Ular bilan tizimli ishlashda 2-sektor tashabbusni qo‘lga olgan, desak, xato bo‘lmaydi.

— Sektor tomonidan ularni qo‘llab-quvatlash, bu og‘ir ahvoldan chiqarish maqsadida turli yordamlar ko‘rsatib kelindi, — deydi Tuman prokurori, adliya kichik maslahatchisi Sharofiddin Аkramov. — Аvvalo, mazkur oilalarning shart-sharoit va imkoniyatlari batafsil o‘rganilib, natijasiga ko‘ra, 16 ta oilaga issiqxona qurib berilishida ko‘maklashildi.

Shuningdek, 40 ta oilaga 40 bosh yirik shoxli chorva mollari, 1 ta oilaga 50 dona parranda, bir oilaga o‘zini-o‘zi band qilishlari uchun 3 dona asalari qutilari olib berildi. Temir daftarga kiritilgan oilalarda yashovchi ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan 436 nafar aʼzolari ishga joylashtirildi. Natijada “temir daftar”ga kiritilgan 785 ta oila Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari asosida kambag‘allikdan chiqarishga erishildi. Qolgan 33 ta og‘ir moddiy qiyinchilikka uchragan oilalar alohida nazoratga olinib, doimiy ravishda ulardan xabar olib, ularning oziq-ovqat va boshqa ijtimoiy masalalari hal etib kelinmoqda.

Xo‘sh, yoshlar masalalari qanday hal etilmoqda, dersiz. Buyam eʼtibordan chetda emas. Ikkinchi sektorda 7 ming 171 nafar yoshlar mavjud bo‘lib, shundan 6 ming 628 nafar yoshlarga anketa so‘rovnomalari to‘ldirilgan bo‘lib, 1 ming 376 nafari “yoshlar daftari”ga kiritilgan.

Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, yil boshidan buyon jami 949 nafar yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatilgan. Shundan, 19 may holatiga yoshlarning 197 nafari ishga joylashtirildi, 51 nafariga 178 mln. so‘mlik asbob-uskunalar subsidiya asosida ajratildi, 65 nafariga kredit ajratish orqali tadbirkorlikka jalb etildi, 93 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 59 nafari tadbirkorlarga biriktirildi, 40 nafari “ustoz — shogird” anʼanasi doirasida hunarmandlarga biriktirildi, 400 nafariga 100 gektar yer maydoni ajratildi, 120 nafarining ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammolari hal etildi.

Bundan tashqari, 21 705 nafar 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlar mavjud bo‘lib, 6 121 nafar ayollarga anketa so‘rovnomasi to‘ldirilgan, shundan 503 nafari “ayollar daftari”ga kiritilgan. Joriy yil boshidan buyon jami 503 nafar ayollarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, sektor hududida yashovchi 1-guruh nogironi bo‘lgan “ayollar daftari”ga ro‘yxatda turgan 8 nafar ayollarning uy-joyini homiylik asosida taʼmirlash ishlarini olib borish uchun tadbirkorlar biriktirilib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Tuman prokurorining tashabbusi bilan “Bobotog‘” mahallasining eski binosi to‘liq taʼmirlanib, ushbu binoning bo‘sh xonalariga 20 nafarni “ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni tikuvchilik va to‘quvchilik yo‘nalishlari bo‘yicha kasib-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. O‘n nafar “ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga subsidiya asosida bir sotixli issiqxona qurib berildi. Bu o‘n nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi, degani.

Sektor faoliyati bilan tanishish asnosida tuman prokurori hamrohligida “Bobotog‘” mahallasida yashayotgan Mayram momo Mamatqulova xonadoniga ham tashrif buyurdik. Аyni paytda onaxon kelini Maqsuda Chorieva va yana nabiralari bilan birgalikda yashab kelmoqda.

Uning mo‘jazgina qilib qurilgan hovlisiga kirar ekanmiz, Mayram ona formadagi prokurorni ko‘rib xursand bo‘lib ketdi. Buni uning minnatdor gap-so‘zlariyu, shoshib-pishib oldiga chiqqanidan ham bilish qiyin emasdi.

Demak, odamlar bugun prokurorlarni jazoga tortuvchi deb emas, balki odamlarga ko‘mak beruvchi, haqiqiy maʼnoda, “xalq prokuraturasi”ga aylanib borayotganidan dalolatdir.

Onaxon bilan salom-alikdan so‘ng undan so‘rayman:

— Momo yaxshimisiz, sog‘liqlaringiz yaxshimi?

— Rahmat bolam. Yaratganga shukur, sog‘-salomat yuribmiz.

— Kayfiyatlaringiz qanday momo?

— Yaxshi. Bugun Prezidentimiz olib borayotgan siyosatdan judayam mamnunmiz. Mana, qarang, uyimizning shunday chiroyli holatga kelishida ham, avvalo, davlatimiz rahbari, qolaversa, tuman prokurorining hissasi katta bo‘ldi. Baraka topsin. Uyimizning oldingi holatini ko‘rganingizda edi, — deya chuqur xo‘rsinib oladi onaxon.

Suhbatimiz davomida onaxon o‘g‘lining koronavirus sabab vafot etib, juda qiynalib qolganini ko‘ziga yosh olib gapirib berdi. Аna shunday paytda 2-sektor rahbari har tomonlama yordam berganini yashirib o‘tirmadi.

Ha, onaxonning o‘g‘li bu dunyoni tark etgan bo‘lsa-da, uning yonida tirgak bo‘luvchi Yurtboshi, davlat xizmatchilari turganini his etib yashamoqda. Ular tuman prokurori faoliyatidan ham rozi ekanligini bildirdi.

Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

Xuddi shu mahallada asal yetishtirish ishlari bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro А.Chorievni “Janub asal ta`minot” oilaviy korxonasi sifatida davlat ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘ziga o‘xshagan 5 nafar yoshlarni oilaviy korxonasiga biriktirib bandligi taʼminlandi.

“Yoshlar daftari” bo‘yicha ham ikki og‘iz so‘z. “Neftchilar” mahallasida yashovchi “yoshlar daftari”ga kiritilgan Mirolim Raimqulovga baliqchilik yetishtirish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun “Mikrokreditbank”ning Qumqo‘rg‘on tuman filialidan imtiyozli 50 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. “Asil sulola Qumqorgon” MChJ sifatida davlat ro‘yxatdan o‘tkazilib, ushbu MChJga mahalladagi 10 nafar yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida korporativ asosida baliq yetishtirish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Buning natijasida olingan daromadidan o‘zini faoliyatini kengaytirish maqsadida “Toshkent non va yog‘li patirlarni” ishlab chiqish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 4 nafar yoshlarni ishga qabul qilib ularni bandligini taʼminlandi. Qolaversa, “Yangi qishloq” mahallasilik M. Turdiev va N. Mo‘minovalarga 30 mln. so‘m bank krediti ajratilib 4 sotix yer maydoniga issiqxona qurib berilib bandligi taʼminlandi.

Sektor hududida o‘zlashtirilmagan yaylov va qishloq xo‘jaligida foydanilmaydigan 10 ga. yer maydonida 2 ta ishlab chiqarish kooperativlari tashkil qilinib, ularga 50 nafar yoshlarga har biriga 20 sotixdan yer maydoni ajratib berildi. Vaholanki, bu yerlar yaylov yerlari bo‘lib, suv bo‘lmaganligi sababli qarovsiz holatda yotgan. Hozirda bu yerlarga nasoslar va tomchilab sug‘orish tizimlari o‘rnatilib, to‘liq o‘zlashtirilgan hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ekilgan.

Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini taʼminlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish borasida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Buni tuman prokurori tashabbusi bilan 78 ta yangi tadbirkorlik subʼektlari yaratilgani va natijada 158 ta ish o‘rini ochilganidan ham bilish mumkin.

Tadbirkorlik subʼektlarini huquqiy himoyasini taʼminlash, ularning faoliyatida mavjud muammolarni amalda hal etish maqsadida tadbirkorlar bilan har oyda uchrashuvlar tashkil etilib, ularda 340 ta tadbirkorlar ishtirok etib, 2 nafariga yer maydoni, 15 nafariga kredit va 1 ta bino ajratish, 15 ta kommunikatsiya tarmog‘iga ulash, 35 nafariga ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish masalasida amaliy yordam berilgan. Faoliyatini to‘xtatgan 17 tadbirkorlik subʼektlari faoliyati tiklanib, 32 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Ijtimoiy soha obʼektlarining holati doimiy o‘rganib borilib, muammosi borlariga mahalliy byudjet, homiylar mablag‘lari hisobiga va hashar yo‘llari bilan zarur ishlar bajarilgan. Xususan, bevosita sektor rahbari tashabbusi va aralashuvi bilan 1,100 km. ichki yo‘llar asfaltь qilindi, 43,1 km. yo‘llarga shag‘al yotqizilib, taʼmirlandi, 182 ta gaz taqsimlash qurilmalari taʼmirlandi, aholini maishiy gaz ballonga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 180 dona gaz balonlari berildi.

Shuningdek, eski transformatorlar yuqori kuchlanishli yangi transformatorlarga almashtirildi, Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash uchun 2 dona suv minorasi taʼmirlandi.

Bundan tashqari, bitta maktabgacha taʼlim va sog‘liqni saqlash muassasasi joriy taʼmirlandi. Misol uchun, sektor hududidagi “Аrpapoya” mahallasida joylashgan eski va taʼmirtalab ahvoldagi maktab binosi homiylik asosida qayta qurilib, 120 o‘rinli maktabgacha taʼlim muassasasi sifatida foydalanishga topshirildi.

 

“Xalq so‘zi”
Hasan PАYDOEV olgan suratlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер