Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi yangi binoga koʻchib oʻtdi
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi yangi binosida kengash raisi, kengash kotibiyati mudiri, bosh mutaxassislar uchun alohida xonalar mavjud boʻlib, doimiy komissiyalar faoliyati, saylovchilar qabuliga ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

— Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati yangi model – “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida isloh qilinmoqda, — deydi xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyat mudiri Abdushokir Abdurahmonov. — Oʻzaro tiyib turish mexanizmini ishga tushirish uchun Kengash hokimiyatdan ajratilib, endilikda viloyat Kengashiga hokim emas, balki deputatlar orasidan saylangan rais boshchilik qilmoqda. Kengashimizning alohida va zamonaviy binoga joylashtirilishi ham mahalliy Kengashlar borasidagi ana shu islohotlar natijalaridan biridir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring