Ketma-ket yongʻinlar. Gʻazalkentda savdo doʻkoni yonib ketdi

18:13 19 Avgust 2025 Jamiyat
269 0

Qayd etilishicha, bugun, 19-avgust kuni soat 16:40 da Boʻstonliq tumani Gʻazalkent shahri “Navroʻz” MFYda joylashgan xoʻjalik mollari doʻkonining 2-qavatida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 16:45 da voqea joyiga yetib borib, soat 16:55 da yongʻinni oʻrab olingan va 17:33 da toʻliq oʻchirgan.

Hodisa oqibatida doʻkonining tom va ichki qismi, taxminan 70 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan.

Taʼkidlanishicha, yongʻin tufayli tan jarohati olganlar toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushmagan. Hozirda alanganing kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 19-avgust kuniga oʻtar kechasi Buxoro shahridagi tarixiy imoratlar yaqinida joylashgan oshxonada yongʻin sodir boʻldi. Shuningdek, soat 11:00 larda poytaxtning Olmazor tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosida yirik yongʻin yuz berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер