Keniyadagi toshqinlar qurbonlari soni 80 nafardan oshdi
Keniyadagi suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 81 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda TASS mamlakat Milliy politsiya xizmatiga tayanib.
Eng koʻp zarar koʻrgan hudud Nayrobi boʻlib, u yerda noqulay ob-havo tufayli 37 kishi hayotdan koʻz yumgan.
Kuchli yomgʻirlar sabab boʻlgan toshqinlar 2,6 mingdan ortiq oilani oʻz uylarini tark etishga majbur qildi hamda infratuzilma va koʻchmas mulkning keng koʻlamli vayron boʻlishiga olib keldi.
Davom etayotgan yogʻingarchiliklar fonida hukumat fuqarolarni oʻta ehtiyotkor boʻlishga va hushyorlikni yoʻqotmaslikka chaqirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring