Kelgusi yillarda biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanma va mol-mulk soliq stavkalari oshirilmasligi qat’iy kafolatlanadi — Shavkat Mirziyoyev

12:31 16 Iyun 2023 Iqtisodiyot
648 0

“Bundan buyon ham, tadbirkorlar o‘z faoliyatini dadil kengaytirishi uchun biznesga noqonuniy aralashuvlarga to‘liq barham berish va soliq tizimini yanada soddalashtirish islohotlarimizning asosiy tamoyili bo‘lib qoladi”, — dedi nomzod namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda.

Biznesga noqonuniy aralashgan, tadbirkorning mulkiga daxl qilgan shaxsga jazo muqarrar bo‘ladi, rahbari esa ishdan ketadi.

Shuningdek:

- qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish shartlari 15 tadan 5 taga qisqartiriladi;
- 107 ta davlat xizmati bo‘yicha to‘lovlar miqdori 2 baravar qisqartiriladi;
- 10 million so‘mdan yuqori soliq sanksiyalari faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер