Kelgusi yetti yilda Buxoroda 1,5 mingdan ziyod ko‘p qavatli uylar qurilib, 60 ming oila shinam uy-joyga ega bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev buxorolik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida aholiga qulay turmush sharoiti yaratishga oid rejalar haqida to‘xtaldi.
“Jumladan, kelgusi yetti yilda:
➖ 1,5 mingdan ziyod ko‘p qavatli uylar qurilib, 60 ming oila shinam uy-joyga ega bo‘ladi;
➖ viloyatda 7 ming kilometr yo‘llar, jumladan, 3,5 ming kilometr ichki yo‘llar va 300 dan ziyod ko‘priklar ta’mirlanadi;
➖ 1 million 200 ming aholi uchun ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida, 5 ming kilometr yangi tarmoq va 84 ta suv inshooti barpo etiladi. Natijada, Buxoroda markazlashgan ichimlik suvi bo‘yicha qamrov 77 foizdan 95 foizga yetkaziladi;
➖ tuman va shahar markazlarida 1 ming 200 kilometr kanalizasiya tarmoqlari va 150 ta oqova suv tozalash inshootlari quriladi. Shu orqali, 600 mingdan ziyod aholi ilk bor kanalizasiya xizmatiga ulanib, viloyatda qamrov darajasi hozirgi 9 foizdan 40 foizga oshiriladi;
➖ mahallalarda 10 ming kilometr elektr tarmoqlari qurilib, 1 mingta transformator yangilanadi”, – dedi nomzod.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring