Kelajakda barcha yaponlar bir xil familiyali boʻlib qolishi mumkin

16:47 22 Aprel 2025 Dunyo
323 0

Arxiv foto

Yaponiyaning Toxoku universiteti tomonidan oʻtkazilgan modellashtirish XXVI asr boshlariga borib mamlakatning barcha aholisi umumiy familiyaga ega boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi.

Gap shundaki, hozirda yapon juftliklariga nikohdan oʻtishda har ikkisi uchun yagona familiyani tanlash belgilangan. Professor Xiroshi Yesidaning fikriga koʻra, besh asrdan keyin shu tufayli faqat bitta, yaʼni Sato familiyasi muomalada qolishi ehtimoli juda yuqori.

Oʻtgan yilning oʻzidayoq bu familiya Yaponiyada keng tarqalgan (jami familiyalarning 1,5 foizdan ortigʻi va aslida bu juda koʻp).

Agar qonunchilik oʻzgartirilsa va nikohdan oʻtuvchi fuqarolarga turli familiyalarga ega boʻlishga ruxsat berilsa, Sato familiyasining tarqalish dinamikasi biroz pasayadi, ammo baribir bunday ssenariyda ham 3310-yilga borib aholining katta qismi bir xil familiyali boʻlib qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер