“Kelajak yosh muhandislar”ning Respublika bosqichi yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhandis kadrlarni koʻpaytirish va yoshlar orasida ushbu yoʻnalishga qiziqishni oshirish borasida fikr bildirgan edilar.
Mazkur vazifalardan kelib chiqib, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti “Muhandislik oyligi” doirasida fizika, kimyo va matematika fanlari bilimdonlari uchun “Kelajak yosh muhandislari” fan olimpiadasi tashkil etdi. Ushbu olimpiadaning Respublika bosqichi 2025-yil 7-may kuni boʻlib oʻtdi.
Qayd etilishicha, olimpiadada respublika boʻylab jami 21 ming nafar maktab, kollej, litsey va texnikum bitiruvchilar ishtirok etgan. Ulardan 250 nafari 3-bosqich, yaʼni Respublika bosqichiga yoʻllanma olgan.
7-may kuni ular oʻz bilimlarini sinashdi. Hakamlar hayʼatida turli OTMlar professor-oʻqituvchilar joy olgan boʻlib, bir necha soat mobaynida ishlar baholandi.
Yakunda 3 nafar gʻolib, yaʼni fizika, kimyo va matematika fanlari gʻoliblari DAMAS avtomashinasiga loyiq koʻrildi. 2-oʻrinlar esa 20 mln soʻm, 3-oʻrin esa 10 mln soʻm gʻolibi deb topildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring