Keksalar duosi ijobat boʻlgʻusi

12:58 29 Avgust 2025 Jamiyat
220 0

Joʻraqul ota Tagʻoyev Xatirchi tumanining Oltinsoy mahallasida istiqomat qiladi. Bu yil 102 yoshdan hatlagan otaxon qishloqqa birinchi traktorni haydab kelib, to pensiyaga qadar shu kasbni davom ettirgan. Uch oʻgʻil, ikki qizidan 20 nabira va 23 chevara suygan.

Mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan hamda jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlikni saqlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli faoliyati uchun Prezidentimizning Farmoniga koʻra bir guruh yurtdoshlarimiz qatorida Joʻraqul bobo Tagʻoyev ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi.

Mazkur davlat mukofotini otaxonga Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov mamlakatimiz Prezidenti nomidan topshirib, bayram bilan qutladi.

— Shu kunlarga yetkazganiga ming qatla shukur, — deydi otaxon. — Bizlarni siylaganni Olloh eʼzozlasin!

Keksalar duosi ijobat boʻlgʻusi, deyishadi. Tadbir munosabati bilan tashrif buyurganlarga Joʻraqul bobo oʻz hayotiy yoʻli haqida hikoya qilib berdi.

Temur ESHBOYEV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер