Kecha yurtimizda kasallanishlar soni pasayib, 82 nafar kishida koronavirus aniqlandi
2022-yil 3-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 241122 (+82) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
— 3 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
— 5 nafari Andijon viloyatida,
— 4 nafari Buxoro viloyatida,
— 7 nafari Jizzax viloyatida,
— 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
— 3 nafari Navoiy viloyatida,
— 7 nafari Namangan viloyatida,
— 8 nafari Samarqand viloyatida,
— 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
— 8 nafari Fargʻona viloyatida,
— 5 nafari Xorazm viloyatida,
— 6 nafari Toshkent viloyatida,
— 17 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
— Navoiy viloyatida 4 nafar,
— Samarqand viloyatida 1 nafar,
— Sirdaryo viloyatida 9 nafar,
— Surxondaryo viloyatida 6 nafar,
— Toshkent viloyatida 5 nafar,
— Toshkent shahrida 14 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 238230 (+39) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring