Kecha ayrim hududlarda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari aniqlanmadi
2021-yil 25-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 198242 (+143) nafarni tashkil etmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, kecha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari qayd etilmagan.
Shuningdek, kasallikdan sogʻayganlar jami 195193 (+189) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Oʻz navbatida, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1479 nafarni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring