Kecha 228 nafar kishida koronavirus aniqlandi
2021-yil 4-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 194333 (+228) nafarni tashkil etmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, kasallikdan sogʻayganlar jami 190939 (+235) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1418 nafarni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring