Kattaqoʻrgʻonda noqonuniy ov bilan shugʻullanayotgan shaxslar ushlandi
Samarqand viloyati atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Ishtixon, Narpay tumanlari nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan 30-oktabr kuni Kattaqoʻrgʻon suv omborida nazorat-reyd tadbirlari olib borildi.
Reyd tadbirlari davomida suv omborining bir necha joyida baliq ovlash maqsadida suvga toʻr tashlab qoʻyilganligi aniqlandi.
Suvga tashlangan toʻrlar inspeksiya xodimlari tomonidan zudlik bilan olib tashlanib, baliqlar yana suvga qoʻyib yuborildi.
Holat yuzasidan qonuniy tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring