Katta magistralda “Neksiya” avtomobili yonib ketdi
Illyustrativ foto
|
Toshkent - Buxoro yoʻnalishidagi magistral yoʻlning Sirdaryo viloyatidan chiqish qismi vaqtincha yopib qoʻyildi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ muxbiri xabar berdi. Maʼlumotlarga koʻra, bunga ayni shu hududda “Neksiya” rusumidagi avtomobil yonib ketgani sabab bo‘lgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, avtomobil Andijon viloyatida yashovchi fuqaroga tegishlidir. O‘t oʻchiruvchilar yetib kelguniga qadar, barcha alanga oʻchirilishini kutib turgan. Koʻngilsiz hodisa sabablari haqida maʼlumot yoʻq. Olov qanday kelib chiqqani ham nomaʼlum boʻlib turibdi. |
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring