Kasb-hunar egallash farovon hayot sari yetaklaydi

14:49 06 Fevral 2025 Jamiyat
296 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida aholining foydali ijtimoiy mehnat bilan band boʻlmagan qismini kambagʻallikdan farovonlik sari yoʻnaltirish maqsadida kasb-hunar va til oʻrgatish kurslariga taklif etilmoqda. Bu borada oʻtgan yili 5 ta yoʻnalish mavjud boʻlgan boʻlsa, joriy yilda ularning koʻrsatkichi 17 taga yetkazildi.

— Oʻquv muassasamizda asosan tikuvchilikka qiziqqan xotin-qizlar uchun qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etganmiz, — deydi Oltinkoʻl tumanidagi 2-politexnikum mutaxassisi Mashhuraxon Yoʻldosheva. — Kurslarni tamomlagan bitiruvchilarga xalqaro sertifikat topshiriladi. Oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda subsidiya asosida tikuv mashinalari ajratish bilan bir qatorda ishga joylashtirish masalasi ham koʻrib chiqiladi. Bir soʻz bilan aytganda, tinglovchilarimizni daromad manbaiga yoʻnaltirish asosiy maqsadimiz hisoblanadi.

Hozirda viloyatdagi 55 ta texnikumlarda ana shunday kurslar tashkil etilgan boʻlib, ularga 4556 nafar aholi jalb qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер