Kasallikdan sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizga yetdi
Kecha yurtimizda 350 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi, kasallikdan sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizga yetdi.
2021-yil 11-oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 178986 (+349) nafarni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, kasallikdan sogʻayganlar jami 174642 (+429) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1273 nafarni tashkil qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring