Kasallanishlar soni yana ortdi — SSV
Ketma-ket ikki kunlik pasayishdan soʻng kecha yurtimizda 1170 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.
2022-yil 25-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 217360 (+1174) nafarni tashkil etmoqda.
Kkasallikdan sogʻayganlar jami 206727 (+1232) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1549 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 114 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring