Kasallanishlar soni keskin ortdi

10:22 07 Yanvar 2022 Jamiyat
615 0

Kecha yurtimizda 250 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 9 kundan soʻng ilk oʻlim holati qayd etildi.

SSV matbuot xizmatiga koʻra, 2022-yil 6-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199758 (+251) nafarni tashkil etmoqda.

Kasallikdan sogʻayganlar jami 196851 (+93) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1488 nafarni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер