Kartingda namanganliklar peshqadam
Foto: “Xalq so‘zi”
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topganligining 30 yilligiga bag‘ishlab karting bo‘yicha Namangan viloyat ochiq birinchiligi Uchqo‘rg‘on tumanidagi zamonaviy kartodromda o‘tkazildi. Musobaqada Toshkent shahri va Namangan viloyatidan 13 ta jamoaga birlashgan 52 nafar sportchi maydonga tushdi. Ular orasida 5 nafar qizlar ham bor.
Bu toifadagi bahslarda mahorat va tezkorlik o‘z so‘zini aytadi. Yakunda ixcham va tezyurar ulovni mohirlik bilan boshqarishda ilg‘orlik qilgan Uychi tuman o‘quv sport texnika klubi jamoasiga birinchi o‘rin nasib etdi. Namangan tumani va viloyat amaliy texnik sport maktabi jamoalari keyingi faxrli o‘rinlarni egalladi.
Qudratilla NAJMIDDINOV. “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring