Karantindan chiqqanlar tantanali kuzatildi
Samarqand viloyat endokrinologiya dispanserida 14 kunlik karantin davri tugab, sogʻligʻiga xavf soluvchi omillar yoʻqligiga ishonch hosil qilingan 67 nafar fuqaro karantindan chiqib, oʻz oilasi davrasiga qaytdi.
- Karantinga olingan viloyat fuqarolari barcha kerakli tibbiy kuzatuv va laborator tekshiruvlardan oʻtkazilib, ular sogʻligi kun-u tun, muntazam kuzatuv ostiga olindi, — deydi viloyat endokrinologiya dispanseri bosh shifokori Gulzoda Negmatova. — Shu davr mobaynida xodimlarimiz tomonidan kuzatuvda boʻlgan fuqarolarga nafaqat tibbiy xizmat koʻrsatish, balki ularning tibbiy madaniyatini oshirish, COVID-19 infeksiyasi haqida tushunchalar berish boʻyicha ham tushuntirish ishlari olib borildi.
- Bugungi kun hayotimda unutilmas sana boʻldi, — deydi karantinda boʻlgan fuqaro M.A. — Bizni oʻylab shunchalik sharoit yaratib bergan Prezidentimizga ming rahmat. Shifokorlarimizdan bir umr minnatdorman. Zero, umrimning 14 kuni oʻtgan karantin davrida aynan tibbiyot xodimlarining jasoratli xizmatlari, yuksak malakasi, insoniy munosabatlari bizga dalda boʻldi.
Ayni paytda viloyatda yana 5386 nafar fuqaro karantin muassasalarida tibbiy nazoratga olingan.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring