“Karantin”dagi qimorbozlar

22:12 15 Aprel 2020 Jamiyat
1132 0

Karantin tadbirlari olib borilayotgan ayni paytda ayrim yurtdoshlarimiz uyda oʻtirish oʻrniga, pana-pastqamlarda, jamoat joylarida uch-toʻrt kishi boʻlib, qimor oʻynab vaqt oʻtkazayotgani afsuslanarlidir.

Shu yilning 11-aprel kuni soat 20:00da Qarshi shahridagi “Shoʻrtangaz” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli avtoturargohda bir guruh fuqarolar qimor oʻynayotgani haqidagi xabar tezkor guruhni manzilga yoʻnaltirdi. Voqea joyiga yetib borgan Qarshi shahar IIOFMB 2-sonli ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv guruhi tezkor xodimlari dam olish xonasida 4 nafar fuqaro karantin qoidalariga amal qilmasdan, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda qimor oʻynayotganini aniqlashdi.

Qimorbozlar orasida K.D. va Gʻ.N. ishsiz, N.E. va T.S. esa “Shoʻrtangaz” masʼuliyati cheklangan jamiyatida haydovchi boʻlib ishlashi maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar Maʼmuriy ishlar boʻyicha Qarshi shahar sudida koʻrib chiqilib, huquqbuzarlarning har biriga eng kam ish haqining 20 baravari miqdorida jarima jazosi qoʻllanildi.

Oʻylaymizki, bu boshqalarga saboq boʻladi.

Sodiq RAHIMOV.

Qashqadaryo viloyati.

Manba: Postda.uz

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер