Karantin paytida mIB xodimlari telefon qilib, avtomashinam boʻyicha maʼmuriy jarimani 15 kun ichida toʻlashim kerakligini tushuntirishdi. Bu toʻgʻrimi? — MIB vakili javob qaytardi
Bugun AOKA shtabida Majburiy ijro byurosi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Farrux Toshpoʻlatov ishtirok brifing oʻtkazildi.
Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.
Savol: MIB xodimlari telefon qilib, avtomashinam boʻyicha maʼmuriy jarimani 15 kun ichida toʻlashim kerakligini tushuntirishdi. Karantin vaqtida bu toʻgʻrimi?
Javob: Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun tayinlangan maʼmuriy jarimalarni undirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
Prezident Farmoniga koʻra, faqatgina karantinga olingan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan maʼmuriy jarimalarni toʻlash muddatlari karantin muddati tugagunga qadar uzaytirilgan.
Savol: Qozogʻistonda ishlayman. Hozir karantin sababli ishlar toʻxtab, aliment yubora olmayapman. Karantin vaqtida aliment toʻlashga majburmanmi?
Javob: Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan aliment undirish bilan bogʻliq ijro hujjatlarining ijrosi davom ettirilayotganligi hamda qarzdorlar tomonidan aliment pullarining oʻz vaqtida va belgilangan miqdorda toʻlab borilayotganligi masalasi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
Savol: Karantin vaziyatida MIB xodimlari ehtiyojmand qoʻshnilarimizning uylariga kelib-ketishmoqda. Ularning gazdan boʻlgan qarzini toʻlashga yordam berishgan ekan. Bu qanchalik toʻgʻri?
Javob: Byuro organlari tashabbusi bilan joylardagi kam taʼminlangan oilalarning foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gazdan boʻlgan qarzlarini undirishga homiylik asosida, saxovatpesha tadbirkorlar, savobtalab insonlar jalb qilinmoqda.
Hozirga qadar 2 mingdan ortiq ehtiyojmand fuqarolarga kommunal xizmat uchun jami 426 mln. soʻmdan ziyod qarzdorliklarini bartaraf etish va boshqa amaliy yordamlar koʻrsatish bilan bogʻliq saxovat tadbirlari tashkil etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring