Eron fazogirlar uchun kosmik kapsulalar ishlab chiqarmoqchi

15:15 07 Fevral 2020 Dunyo
836 0

Foto: ria.ru

Eron fazogirlar uchun kosmik kapsulalar ishlab chiqarishni boshlaydi, deb maʼlum qildi mamlakatning Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Muhammad Javad Azari Jahromi.

“Ayni damda biz buni eʼlon qilishga tayyormiz. Bugun biz Fanlar vazirligining ilmiy-tadqiqot markaziga uch yil ichida insonni 190 kilometrlik orbitaga yetkazadigan beshta kosmik kapsulalar tayyorlashni buyurdik“, deydi vazir.

Taqdimot videosi esa “ISNA” agentligi tomonidan eʼlon qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер