“Kannabis daraxti”ni parvarishlash qimmatga tushdi

14:45 21 Avgust 2019 Jamiyat
2662 0

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi hamda viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda, “Qora-dori 2019” keng qamrovli tezkor tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida Andijon tumanida yashovchi fuqaro U.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, xonadonning tomorqa qismida alohida agrotexnik ishlov berilgan och yashil, oʻtkir hidli daraxt shakliga kirgan 13 tup “Kannabis” oʻsimligi hamda sochilgan va quritilgan holdagi 490 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер