Kanada Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi ajratishga qaror qildi

01:09 25 May 2022 Dunyo
915 0

Foto: Reuters

Kanada mudofaa vazirligi Ukrainaga M777 gaubitsalari uchun 20 mingdan ortiq snaryad yuborilishini eʼlon qildi.

Kanada mudofaa vaziri Anita Anandning aytishicha, Kanada hukumati Ukrainaga yana bir harbiy yordam paketi ajratish haqida qaror qabul qilgan. .

«Men Kanada 20 000 dan ortiq 155 mm snaryad sotib olganini tasdiqlay olaman», dedi vazir.

Anand taʼkidlaganidek, bu snaryadlar Gʻarb davlatlari Kiyevga yetkazib bergan M777 gaubitsalari uchun moʻljallangan. U shuningdek, yaqin orada Ukrainaga harbiy yordamning yangi partiyasi kelishini qoʻshimcha qildi.

Avvalroq Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo matbuot xizmati Ukrainaga 38,7 million dollar miqdorida qoʻshimcha harbiy yordam koʻrsatilishini maʼlum qilgan edi. Taʼkidlanishicha, bu yetkazib berishlar, xususan, M777 gaubitsalari, oʻqotar qurollar, shuningdek, oʻq-dorilarni oʻz ichiga oladi, shuningdek yuqori aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер