Kamerundagi portlashlar oqibatida kamida 19 nafar sportchi jarohat oldi

22:10 25 Fevral 2023 Dunyo
1195 0

Illyustrativ foto

Kamerunda yugurish musobaqasi paytida yuz bergan portlashlarda kamida 19 nafar sportchi jarohat oldi.

Kamerun gʻarbidagi Buea shahri yaqinida tashkil etilgan “Umid yugurishi” musobaqasi chogʻida sodir etilgan bir nechta portlashlar oqibatida kamida 19 nafar sportchi jarohat olgan.

Ushbu qabihlikni 2017-yilda Ambazoniya Federativ Respublikasi mustaqilligini eʼlon qilgan ayirmachi guruh oʻz zimmasiga olgan.

“Bizning asosiy maqsadimiz sportchilarning xavfsizligini taʼminlayotgan Kamerunning elita qoʻshinlari edi... Biz Kamerunning ishgʻolini davom ettirishiga yoʻl qoʻymaymiz”, degan guruh vakili Kapo Daniyel.

Kamerundagi ingliz tili inqirozi 2017-yilda boshlangan. Oʻshanda ayirmachi guruh Ambazoniya Federativ Respublikasi mustaqilligini eʼlon qilgan va Kamerun hukumatiga qarshi qurolli kurash boshlagan. 2021-yilga kelib mojaro avj olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер