Kameral soliq tekshiruvlari boʻyicha qarorlar ustidan kelib tushgan jami summasi 1,5 trln. soʻm boʻlgan 693 ta shikoyat koʻrib chiqildi 

14:47 01 Sentyabr 2023 Iqtisodiyot
678 0

Soliq qoʻmitasi tomonidan 2023-yilning yanvar-iyun oylarida hududiy soliq organlarining kameral soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan Soliq qoʻmitasiga kelib tushgan shikoyatlarning 693 tasi (1 552,2 mlrd. soʻm) koʻrib chiqildi.

Koʻrib chiqilgan ushbu shikoyatlarning:

— 215 tasi (190,2 mlrd. soʻm) toʻliq qanoatlantirilgan;
— 109 tasi (64,5 mlrd. soʻm) qisman qanoatlantirilgan;
— 369 tasi (1 297,5 mlrd. soʻm) qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Hududiy soliq organlarining toʻliq va qisman bekor qilingan qarorlari quyidagi soliq turlariga toʻgʻri keladi:
— QQS — 159,6 mlrd. soʻm;
— foyda soligʻi — 89 mlrd. soʻm;
— mol-mulk soligʻi — 1,2 mlrd. soʻm;
— JSHODS — 1,1 mlrd. soʻm;
— yer soligʻi — 0,9 mlrd. soʻm;
— boshqa soliq turlari — 1,9 mlrd. soʻm.

Qoʻshimcha hisoblangan va qayta koʻrib chiqish natijasida bekor qilingan katta miqdordagi soliq summalari hududlar kesimida:
— Toshkent sh. – 127,5 mlrd. soʻm;
— Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSI – 77,9 mlrd. soʻm;
— Toshkent v. – 21,7 mlrd. soʻm;
— Samarqand v. – 14,8 mlrd. soʻm;
— Buxoro v. – 3,8 mlrd. soʻm;
— Andijon v. – 2,8 mlrd. soʻm.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер