“Kam bolalik vabosi” dunyo aholisining qisqarishiga olib keladi
Illyustrativ foto
2070-yildan keyin va ehtimol undan ham oldinroq, zamonaviy oilalar farzand koʻrishni istamasligi yoki bir-ikki nafardan koʻp boʻlmagan bolali boʻlish xohishi, yaʼni “kam bolalik vabosi” deb ataladigan qarash tufayli dunyo aholisining oʻsishi toʻxtaydi. Ushbu fikrlarni demograf Yuriy Krupnov aytib oʻtdi.
Aholining haddan tashqari koʻpayishi xavfi
Demograf aytishicha, aholi oʻsishining xavfli nuqtasi yoʻq: na 10 milliard, na 11 milliard. Yaʼni ishonchli hisob-kitoblar yoʻq. Biz hozir insoniyat uchun oʻtgan asrning oʻrtalarida asosiy tahdid deb hisoblangan — bu hatto yadroviy urush emas, balki aholining haddan tashqari koʻpayishi ochlik, resurslardan foydalana olmaslik va saqlab qolish hamda hokazolar koʻrinishidagi qaytarilmas oqibatlarga olib keladi, degan mafkura asirimiz.
“Bu kabi mafkuraviy «afsunlar” boshlangan paytda Yer yuzida uch milliarddan sal koʻproq odam yashagan. 60 yil ichida biz besh milliardga koʻpaydik. Va hech qanday ofat sodir boʻlmadi», deydi Krupnov.
Demograf aholi oʻsishi cheksiz emasligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, 2070-yilga borib dunyo aholisining oʻsishi taxminan 12 milliard kishiga toʻxtab qoladi. Bu BMT hisobotida ham aytilgan.
“Kam bolalik vabosi”
“Dunyoda kam bolalik vabosi avj oldi. Xitoyda har bir oilaga 1,3 nafar bola toʻgʻri keladi. Mavjud prognozlarga koʻra, asr oxirigacha mamlakatda hozirgi 1,4 milliarddan atigi 800 millionga yaqin odam qoladi. Shunga oʻxshash muammo butun dunyoda kuzatilmoqda: hatto anʼanaviy ravishda beshta farzandli deb hisoblangan Afrika, Janubiy Osiyo mamlakatlarida ham bu bolalar soni kamayib bormoqda”, deydi demograf.
BMT joriy yilning 15-noyabr holatiga koʻra Yer aholisi soni sakkiz milliard kishiga yetgani haqida xabar berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring