Kadastrlar palatasi xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
DXX Kadastrlar palatasining tumandagi xodimini 15 ming AQSH dollari olayotganda qoʻlga oldi.
Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani filiali xodimi va 1981-y.t. shaxs oʻzaro til biriktirib, dehqonchilik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroga tumandagi fermer xoʻjaliklaridan biriga tegishli 17 gektar yer maydonini ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilishadi.
Ular soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan jinoyat ustida qoʻlga olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring