Kadastr tizimidagi yana bir yangilik

17:48 06 Fevral 2019 Jamiyat
2565 0

Avvallari Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan, Davlat xizmatlari markazlarida yer uchastkasi va bino-inshootga boʻlgan huquqlarni hamda ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmati faqatgina yuridik shaxslarga koʻrsatilgan.

Endilikda esa, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi “Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan Davlat xizmatlari markazlarida koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni hamda ipoteka, bino va inshootlar, shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan ashyoviy huquqlar ipotekasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmati jismoniy shaxslar uchun ham mavjud.

Bu haqda DXA matbuot xizmati maʼlum qildi.

Bundan tashqari, mazkur xizmatga arizani masofadan turib, onlayn tarzda yuborish imkoniyati yaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер