Kadastr xizmati koʻrsatishda xususiy sektor keng jalb etiladi

02:02 25 Sentyabr 2023 Jamiyat
785 0

Foto: Xalq so'zi

Andijon viloyatida aholi istiqomat qiladigan hovli joylar soni 600 mingdan ortiq boʻlsada, shundan 283 mingtasining kadastr hujjati yoʻq. Bu haqda kadastr agentligi hamda davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

— Biroq, bu shuncha turar-joy uchun soliq toʻlanmayapti degani emas,—deydi kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Fayoziddin Berdiqulov. –Boisi, viloyat miqyosida xatlov oʻtkazilib, har bir turar-joy roʻyxatga olingan va ayni paytda ularni kadastrlash jarayoni olib borilyapti.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida respublikamizda ushbu soha taraqqiyotini taʼminlashga xizmat qiluvchi 4 ta hujjat qabul qilindi. Tadbir davomida ularning mazmun-mohiyatiga eʼtibor qaratildi.

— Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 22-avgustdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan 2024-yilning 1-iyulidan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida koʻchmas mulkni kadastrlash jarayonida xususiy sektor ishtiroki ham taʼminlanadi. Bu fuqarolarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilab, sohada korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi, —deya izoh berdi davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi boshligʻi Dilshodbek Akbarov.

Shuningdek, anjuman davomida ortda qolgan davr maboynida amalga oshirilgan ishlarga tahliliy baho berildi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер