Kadastr agentligining Yangiyoʻl tumani boʻlimi boshligʻi tadbirkordan pora olayotgan vaqtda ushlandi

16:56 11 Mart 2021 Jamiyat
901 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Kadastr agentligining Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tuman boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.J. “R.M.» MCHJ tomonidan qurilgan “Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor” shahobcha binosining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga, jamiyat rahbaridan 10 tonna sement olib berishni talab qilgan.

U sementni bozor narxida oʻrtacha 10 mln soʻmga hisoblab, dastlab “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi uchun akkumulyator hamda 500 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер