YPX inspektorini mashinada urib ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

22:51 26 Fevral 2026 Jamiyat
477 0

Avvalroq Toshkent shahri Mirobod tumanida maktab oʻquvchisi BMW avtomobilini boshqarib, YPX inspektorini urib yuborgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan shaxs “BMW M4” rusumli avtomashinasida YPX inspektorini urib yuborgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlangan.

Maʼlumot uchun, voqea kecha, 25-fevral kuni soat 21:46 da Mirobod tumani Mirobod koʻchasida sodir boʻlgan. Poytaxtdagi xususiy maktabning 10-sinf oʻquvchisi “BMW M4” rusumli avtomashinani haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib ketayotgan vaqtida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorini urib yuborgan.

YPX inspektori tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Uning hozirgi holati haqida maʼlumot yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер