Yilning eng serdaromad ayol sportchisi maʼlum qilindi
Forbes 2019-yilning iyunidan shu yilning iyunm oyi qadar boʻlgan davridagi eng serdaromad ayol sportchilar reytingini eʼlon qildi.
Unga koʻra, birinchi oʻrinni daromadi 37,4 million dollarni tashkil etgan, shundan atigi 3,4 millioni mukofot puli, qolgani esa homiylik shartnomalari hissasiga toʻgʻri kelgan yaponiyalik 22 yoshli tennischi Naomi Osaka egalladi.
Ikkinchi oʻrinda bir yilda 36 million dollar ishlab topgan amerikalik tennischi Serena Uilyams qayd etildi. Kuchli uchlikka esa avstraliyalik tennischi Eshli Barti 13,1 million dollar daromad bilan yakun yasadi.
Eng serdaromad ayol sportchilar oʻntaligida tennischilar toʻqqiz oʻrinni band etishgan. Va faqat daromadi 4,6 million dollarni tashkil etgan futbolchi Aleks Morganga oxirgi pogʻonani zabt etish nasib etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring